“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Kun” nashri.
Kengashda jami 13 nafar litsenziyatning ijod namunalari koʻrib chiqildi. Ular oʻzlari tomonidan tayyorlangan ijod namunalarini jonli ijroda kengash yigʻilishida ijro etishdi. Badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya berildi. “Oʻzbekkonsert”, shuningdek, xonanda Feruza Jumaniyozova hamda Asilbek Nigmatovning litsenziyalarini qaytardi.
Yigʻilishda sanʼatkorlarga litsenziya berish, konsert-tomosha uyushtirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish tartibini oʻrganishdi va oʻzaro tajriba almashishdi.
“Oldin muassasaga xonandalar oʻz qoʻshiqlarini diskka yozdirib, qoʻshiq matnlarini ilova qilgan boʻlsalar, endilikda esa xonandalar «Oʻzbekkonsert”ga kelib oʻz ijod namunalarini ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali litsenziya olishadi» – deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi