13:06 / 29.10.2018
7 414

Samarqandlik rassom peterburgliklarni hayratga solmoqda (foto)

Samarqandlik rassom peterburgliklarni hayratga solmoqda (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbek rassomi Murodulla Doniyorovning shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma Leningrad viloyatining Xalqlar do‘stligi uyida o‘tkazilmoqda.

Rassomning Samarqand yaqinida, Zarafshon daryosi bo‘yidagi qishloqlardan birida tug‘ilgan. Oilada yetti farzand bo‘lgan Murodulla yoshligidan rasm chizishga qiziqqan. Toshkentdagi Pavel Benkov nomli respublika rassomchilik kollejini tahsil olgach, armiya xizmatiga ketadi. 1984-1986 yillari Leningrad yaqinidagi Lomonosov shahrida xizmat qilgan Murodulla Doniyorov bu yerning manzarasiga qiziqib qoladi. Ko‘pgina asarlarini shu yerda yaratadi.

Murodulla Doniyorov ko‘rgazmasini tashkil etishda Leningrad viloyatida yashovchi deputat Ravshanbek Qurbonov ko‘maklashgan. Peterburg ko‘rgazmalaridan keyin rassomning asarlari Rossiyaning shimoli-g‘arbiy hududlariga yo‘l oladi. Ular Kareliyaning Olonets shahri, Leningrad viloyatining Kirishi shahri, Estoniya chegarasida joylashgan Ivangorod shahrida ham namoyish qilinadi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar rassom ijodidagi o‘zbekona kolorit va ranglar jilosidan hayratga tushmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Samarqandlik rassom peterburgliklarni hayratga solmoqda (foto)