Rossiyaning TNT kanali tomonidan o‘tkazilgan "Tansы" shousida buxorolik Shahzod Muhsinov loyihaning yuqori bosqichiga o‘tdi. Shahzod "Pesni" shousida ham o‘z iqtidorini sinab ko‘rishga qaror qilganini bildirdi.
Shahzod Muhsinov “Tansы” shousi kastinglarida Jorje taxallusi bilan ijod qilib keladi.
"Xip-xop bilan yoshligimdan shug‘ullanaman. Qo‘shiq matnlarini esa 7 yoshimdan yozganman. O‘zimga qadrli Buxoroda chiqishlar qilardim. Ammo Moskvaga ko‘chib kelganimizdan keyin bu qiziqishimdan ancha uzoqlashishimga to‘g‘ri keldi. Chunki ishlab, pul topish kerak edi. Mana, to‘rt yildirki, sevimli mashg‘ulotimga qaytdim", – dedi u.
Shahzodning aytishicha, "Pesni" loyihasida ham ishtirok etmoqchi. Shuningdek, u xip-xop bo‘yicha O‘zbekistonda ham o‘z loyihalarini taqdim etish niyatida ekanini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”