4 546
Xalqaro kinofestivalda Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
Olmaotada bo‘lib o‘tgan “Bastau International Film Festival VI"da "Turon" teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Festivalda O‘zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar “Ona” nomli filmi bilan ishtirok etishgan edi. Festival yakuniga ko‘ra “Ona” filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Festivalda Yevropa, Osiyo va Amerikada 2017-2018 yillarda ishlab chiqilgan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animatsion filmlar qo‘yildi.
Ushbu festival xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashuv va yosh kinematograflar o‘rtasida ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun o‘tkazib kelinmoqda.
Festival doirasida Yevropa, Osiyo va Amerikaning taniqli kinematograflari ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari ham o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi