Xonanda Shahlo Ahmedova 16 noyabr kuni Instagramdagi o‘z sahifasida “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilinishi haqidagi xabar bo‘yicha izoh yozdi.
“Ochig‘ini aytsam, sodir bo‘layotgan hodisadan shokdaman”, - deb yozdi o‘zbek xonandasi. O‘z postiga xabarning skrinshotini, smaylik va bir necha xeshteglarni qo‘shib qo‘ygan.
Instagram foydalanuvchilari uning izohiga turlicha munosabat bildirishgan, aksariyat mushtariylar Ahmedovani qo‘llab-quvvatlashgan. Instagramda bu masala bo‘yicha munozara avjiga chiqqan.
“Klip menga juda yoqdi, hech qanday nojo‘ya harakatlarni men ham, do‘stlarim ham ko‘rishmadi”, - deb yozadi aleksey.shinyaev.
“Yaxshi klip, hech qanday uyatli joyi yo‘q”, - deb tasdiqlaydi raimkulovanvar.
“Menimcha, “O‘zbekkonsert” majlislarida barcha xonandalarni qanday kliplarni olish mumkin va mumkin emasligi haqida ogohlantirishsa kerak”, - deb qo‘shimcha qildi nigamad19882106.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Shahlo Ahmedova “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotgani uchun litsenziyasidan mahrum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi