9 oy ijara haqini to‘lamagan erkak uyni sevgi she’rlari bilan to‘ldirib ketdi (foto)

1 daqiqa o'qish5
9 oy ijara haqini to‘lamagan erkak uyni sevgi she’rlari bilan to‘ldirib ketdi (foto)

Turkiyaning Istanbul shahridagi Buyukchekmedje tumanida ikki yil yashagan ijarachi 9 oy davomida uy haqini to‘lamagani sababli majburiy tartibda xonadondan chiqarildi. Biroq uy egasi va uning advokati xonadonni ko‘zdan kechirganida kutilmagan manzaraga duch keldi: ijarachi devorlardan tortib, shift, eshik, deraza va hatto isitish tizimigacha sevgi she’rlari hamda ayriliq haqidagi so‘zlarni yozib ketgan.

DHA agentligi xabar berishicha, voqea Istanbulning Buyukchekmedje tumanidagi Fotih mahallasida sodir bo‘lgan. To‘rt qavatli binoning ikkinchi qavatida joylashgan xonadonda ikki yil yashagan ijarachi taxminan 9 oy davomida pul to‘lamagan. Shu sababli uy egasi uni chiqarish bo‘yicha sud va ijro jarayonini boshlagan.

Ijarachi xonadonni tark etganidan keyin uyni tekshirishga kelgan advokat devorlar, shift, eshik va derazalar, oshxona shkaflari, isitish batareyalari hamda qozon uskunasiga turli yozuvlar bitilganini aniqlagan. Ularning aksariyati sevgi she’rlari va ayriliq haqidagi jumlalardan iborat bo‘lgan.

Oq devor va eshik romi turli xil qo‘lyozma yozuvlar bilan qoplangan.

Uy egasining advokati Ali Selman Oltinbilekning aytishicha, sobiq ijarachidan yozuvlar haqida so‘ralganida ruhiy holati yaxshi bo‘lmaganini bildirgan.

Advokatning ma’lum qilishicha, uyga yetkazilgan zararni qoplash va to‘lanmagan 9 oylik ijara haqini undirish bo‘yicha huquqiy jarayon davom etmoqda. Uy egasi sobiq ijarachisi ustidan shikoyat ham qilgan.

Oq devorga turli xil qo‘lyozma matnlar va she'rlar yozilgan.Devorlar va oq suv isitgichiga turk tilida turli matnlar va she'rlar yozilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?