00:34 / 22.11.2018
15 204

Yulduz Usmonova to‘yda qurollangan erkaklar qurshovida xizmat qildi...

Yulduz Usmonova to‘yda qurollangan erkaklar qurshovida xizmat qildi...
Shu haqda «Everyday. uz» nashri rasman xabar tarqatgan. Xabarda aytilganki, bu to‘y Qozog‘istonning Turkistonida bo‘lib o‘tgan. To‘ydagi manzara, ya’ni xalq artisti Yulduz Usmonovaning qurolli kimsalar qurshovida to‘y o‘tkazishi internetdagi ko‘plab saytlarga tarqalib ulgurgan.

Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari ham ushbu ajabtovur hodisa bilan qiziqib qolishgan. Lekin xonandaning o‘zi bu haqda hozircha hech nima demadi.

Ta’kidlash lozimki, Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlari O‘rta Osiyo bo‘ylab keng tarqalgan. Shu sababli boshqa respublikalarda yashovchilar ham uni yaxshi kunlarida xizmatga chaqiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova to‘yda qurollangan erkaklar qurshovida xizmat qildi...