14:58 / 22.11.2018
14 291

Yosh dizaynerlar tanlovida 50 dan ortiq liboslar kolleksiyasi taqdim etildi (foto, video)

Yosh dizaynerlar tanlovida 50 dan ortiq liboslar kolleksiyasi taqdim etildi (foto, video)
Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tayotgan Toshkent moda haftaligi doirasidagi "Be young" yosh dizaynerlar tanlovida 50 dan ortiq yosh dizaynerning kolleksiyasi taqdim etildi.

26 noyabrgacha davom etadigan haftalik doirasida xorijiy va mahalliy professional dizaynerlarning 15 ta liboslar kolleksiyasi orqali 1300 xildan ortiq liboslar namoyish qilinishi kutilmoqda. Xususan, bugun hindistonlik dizayner Ritu Berining liboslari namoyishi, xitoylik dizaynerlar Vu Venhi va Chen Chao Chaoning soha bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, “Innovatsion texnologiyalar va fashion industriya” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi, Nikolay Nam va Yelena Milbergerning mualliflik chiqishlari ko‘zda tutilgan.






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yosh dizaynerlar tanlovida 50 dan ortiq liboslar kolleksiyasi taqdim etildi (foto, video)