Joriy yilning 5 dekabr kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.
Jahongir Otajonovning «Qaddi baland», Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro «Mehmonim» dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) «Uzun yo‘l», Mahliyo Omonning «Farg‘onadan», Doston Ubaydullayevning «6-xonadon», Alisher Zokirovning «Mayli, mayli» qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.
«Nihol» mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning «O‘g‘lim», Sharof «Qora», xonandalar Zilola Musayevaning (Shaxzoda) «Men o‘sha», Otabek «Ona», Qilichbek Madaliyevning «Sevgi», Jasur Mavlonovning «Netay» qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi. «Maroqand» guruhining «Torimning siri», Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan «Hasrat» qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.
«Xonandalar Badiiy Kengashga a’zolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qo‘shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy saviyasiga alohida e’tibor qaratib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi