11:30 / 20.12.2018
5 973

«Titanik»: afsona haqida afsona

«Titanik»: afsona haqida afsona
Jeyms Kemeronning «Titanik» filmi katta ekranlarga chiqqaniga bugun roppa-rosa 21 yil to‘ldi (1997 yilning 19 dekabri).

Filmda Atlantika okeani bo‘ylab 1912 yilda birinchi va oxirgi reysni amalga oshirgan «Titanik» kemasining halokati (14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi), shu kemada o‘z muhabbatini topgan turli ijtimoiy qatlamlarga mansub ikki yoshning fojiali qismati haqida hikoya qilinadi.

«Titanik» kemasini qurishga 7 million dollar, u haqda kinofilm olishga 200 million dollar sarflangan. «Titanik» kinematografiyada ko‘p daromad olishda (2 milliard dollardan ziyod) ko‘p yillar yetakchi bo‘lgan, oradan 12 yil o‘tib bu rekord xuddi shu rejissyor — Kemeronning «Avatar» filmi tomonidan yangilangan.

«Titanik» kinoasari «Oskar» mukofotiga 14ta yo‘nalishda taqdim etilgan va shundan 11 tasini, jumladan, «Eng yaxshi film» nominatsiyasini qo‘lga kiritgan. Film «Oskar»lar olishda «Ben-Gur» (1959 yil) va «Uzuklar hukmdori» (2003 yil) qatorida rekordchi hisoblanadi, melodrama janridagi eng yaxshi film sifatida ham «Titanik»ni e’tirof etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Titanik»: afsona haqida afsona