Foto: Reuters
Los-Anjelesda 7 yanvarga o‘tar kechasi «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Daryo».
Brayan Singerning «Bogema rapsodiyasi» kartinasi o‘tgan yilning eng yaxshi dramatik filmi deya e’tirof etildi. Ushbu film Queen guruhi va uning vokalisti Freddi Merkyuri haqida hikoya qiladi. Ushbu filmda Freddi obrazini yaratgan aktyor Rami Malek 2018 yilning eng yaxshi dramatik aktyori bo‘ldi.
Eng yaxshi dramatik aktrisa nominatsiyasidagi «Oltin globus»ni «Rafiqa» filmida rol ijro etgan aktrisa Glenn Klouz qo‘lga kiritdi.
Piter Farellining «Yashil kitob» kartinasi «Yilning eng yaxshi komediyasi» nominatsiyasida «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi.
Amerikalik rejissyor Alfonso Kuaronning «Rim» filmi «Chet tilidagi eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oltin globus» ga loyiq deb topildi. 2018 yilning eng yaxshi animatsion filmi nomiga «O‘rgimchak-odam: Koinotlar uzra» multfilmi sazovor bo‘ldi.
Amerikalik Maxershala Ali «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi.
«Bil-strit gapira olganida» filmida rol ijro etgan Redjina King ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nomiga sazovor bo‘ldi.
Ledi Gaga «Yulduz tug‘ildi» filmi uchun yaratilgan Shallo w qo‘shig‘i uchun «Oltin globus» oldi. Xonanda shuningdek, ushbu filmdagi roli uchun «Eng yaxshi aktrisa» nomiga da’vogarlik qilgandi, biroq ushbu nominatsiyada mukofotsiz qoldi.
«Oltin globus» mukofoti 76 marta topshirildi. Uni «Oskar» mukofotining repititsiyasi deb ham atashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi