Ramzon Qodirov Rossiyaning birinchi raqamli blogeriga aylandi

“Medialogiya” kompaniyasi 2014 yilda bloglarida aytgan so‘zlari eng ko‘p marta eslatib o‘tilgan rossiyalik blogerlarning reytingini tuzdi. Yil natijalariga ko‘ra, Ramzon Qodirov, Dmitriy Rogozin va Aleksey Navalniyning yozgan gaplari OAVlarda eng ko‘p eslatib o‘tilga, deb xabar bermoqda kun.uz.
Qodirovning bloglariga Rossiya OAVlarida hamma joydagidan ko‘proq murojaat etilgan. Shuning uchun Checheniston rahbari avvalgi reytingning 2-o‘rinidan uning etakchisi Aleksey Navalniy chetga surib, 1-o‘riniga ko‘tarilib oldi. Qodirovning Grozniydagi Matbuot uyida terrorchilarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan maxsus tadbir to‘g‘risida, “LifeNews” kanali jurnalistlari Oleg Sidyakin va Marat Saychenkoning ozod etilishi to‘g‘risidagi xabari, “Islom davlati” etakchilaridan biri Umar ash-Shishaniyning o‘ldirilganligiga munosabati jurnalistlarning e’tiborini tortgan.
Ushbu reytingda bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin ham ko‘tarilishga erishgan. Uning samolyoti Pridnestrove respublikasidan chiqarilmayotgani haqidagi xabari OAVlar e’tiborini tortgan. Rogozin u erga “G‘alaba kun”ini nishonlash uchun borgan edi. “Ruminiya AQShning talabi bilan samolyotimga o‘z havo hududini yopib qo‘ydi. Ukraina ham o‘tkazmayapti. Keyingi safar Tu-160 da uchaman” deb yozgan edi Rogozin o‘z tvitterida. O‘zining faolligi tufayli u avvalgi 5 o‘rindan 2 o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Aleksey Navalniy 1-o‘rindan 3-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu reytingda yil davomida eng yaxshi yuqorilashga erishgan blogerga aylandi. U ro‘yxatning 5 o‘rnigacha ko‘tarilgan. Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Maksim Ksenzovning “xorijiy ijtimoiy tarmoqlar Roskomnadzor bilan munosabatlarni o‘rnatishni boshlamasalar, Rossiyada ularni to‘sib qo‘yish” haqida qilgan tahdidlariga javoban Medvedev o‘z tvitterida “soha uchun javobgar ba’zi amaldorlar ba’zan miyalarini ishlatsalar yaxshi bo‘lardi” degan so‘zlari OAV nishoniga tushgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing