
Prezident tashabbusi bilan 5—10 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtadigan “Xalqaro baxshichilik sanʼati” festivaliga 86 davlatdan baxshi-shoir, oqin, jirovlar, xorijiy davlat vakillari, folklorshunos olim, nufuzli sanʼat namoyandalari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda. Bu haqda “Daryo” maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu festivalga Surxondaryo viloyatda alohida tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Jumladan, Termiz shahrining asosiy koʻchalari va tadbir oʻtkaziladigan asosiy maydon bayramona bezatilgan. OAV xodimlari uchun Matbuot markazi shay holatga keltirilgan. Shuningdek, Termiz xalqaro aeroporti, Temir yoʻl vokzali va festival oʻtkaziladigan Sanʼat saroyi hududi tayyor. Qurilish-obodonlashtirish ishlari yakunlanish arafasida.

Ishtirokchilar va uni tomosha qilishga keladigan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar