“Oʻzbeknavo” Lolaning litsenziyasini qaytarib berdi

“Oʻzbeknavo” Lolaning litsenziyasini qaytarib berdi
“O‘zbeknavo” Lolaning lisenziyasini qaytarib berdi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lola Yo‘ldoshevaning litsenziyasini qaytarib berdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.

23 dekabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi direktori Farxod Jo‘raev ushbu xabarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lola Yo‘ldosheva o‘z aybini tushunib yetgan va uni to‘g‘irlagan. “Ayni paytda u konsert o‘tkazishi mumkin”, dedi “O‘zbeknavo” rahbari.

“Har bir ijrochi muxlislar oldida javobgar bo‘lishi kerak”, - deya munosabat bildirib o‘tdi Farxod Jo‘raev.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 14 iyulda Yuldasheva Lola Ravshanbekovna tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati tugatilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar