
Dunyoning 65 mamlakatlarida efirga uzatiladigan «Ertug‘rul: Tirilish» filmi kuzda yangi konsepsiya bilan efirga qaytadi, deb xabar berdi «Daryo.uz» nashri.

Foto: «Haber7.com»
Filmda Usmon G‘oziy davri boshlanadi, ushbu obrazni taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit ijro etadi. Aktyor allaqachon tarixiy obrazga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan: u haftasiga 6 kun, besh soat davomida maxsus murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: «Haber7.com»
Burak otga erkin sakrashni, jangovar qurollar, qilichlar bilan jang qilishni o‘rganadi. Kichkina poligonda mashg‘ulot vaqtida aktyorning kutilmagan jarohati uchun favqulodda yordam xizmati ham ishlamoqda.

Foto: «Haber7.com»
Rivada «Usmon G‘oziy» filmini suratga olish uchun yangi katta plato barpo etilmoqda, barcha sahna va aktyorlarning kostyumlari yangilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing