
Urush mavzusi kinematografiyada alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi, deya yozmoqda Darakchi.uz nashri.
Quyidagi urush haqidagi eng yaxshi 5 kinofilmda nafaqat urush mavzusi, qolaversa, insonning tirik qolishiyu o‘ziga va Vataniga sodiq qolishi mavzulari tilga olingan.
1. “Vijdon amri ila” (2016, Avstraliya, AQSh)
Rejissyor: Mel Gibson
Bosh rollarda: Endryu Garfild, Sem Uortington
Ikkinchi jahon urushi paytida Okinava uchun kechgan jangda medik Dezmond Doss qo‘liga qurol olmaslikka va odam o‘ldirmaslikka qasam ichadi. Shu tariqa u bironta ham o‘q otmay, urush olovidan yuzlab odamlarni yelkasida ko‘tarib olib chiqadi.

2. “Dyunkerk” (2017, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya)
Rejissyor: Kristofer Nolan
Bosh rollarda: Tom Xardi, Killian Myorfi, Finn Uaytxed
Filmda Dyunkerk operatsiyasi davomida uch yuz mingdan ziyod Britaniya askarlarining ajal komidan olib chiqish hikoya qilinadi. Kinolentada bosh qahramon biror shaxs emas, balki vaziyat va vahimadir.

3. “Oddiy askar Rayanni qutqarish” (1998, AQSh)
Rejissyor: Stiven Spilberg
Bosh rollarda: Tom Xenks, Tom Sayzmor, Mett Deymon, Vin Dizel
Kapitan Jon Millerga og‘ir vazifa yuklanadi. U o‘z otryadi bilan urushda uch aka-ukalari halok bo‘lgan oddiy askar Rayanni uyga qaytarishi lozim. Ammo o‘jar Rayan o‘z postini tashlab ketmaydi. Ana shunda kapitan Miller askar Rayanning oilasi bag‘riga qaytishi uchun jonini beradi.

4. “G‘azab” (2014, AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya)
Rejissyor: Devid Eyr
Bosh rollarda: Bred Pitt, Logan Lerman, Shaya LaBaf
Dushman qurshovida qolgan tankchilar guruhi kapitani Uordeddining maqsadi bitta: nima qilib bo‘lsa-da, tirik qolish va o‘z askarlarining jonini omon saqlash...

5. “Yengilmas” (2014, AQSh)
Rejissyor: Anjelina Joli
Bosh rollarda: Jek O’Konnell, Donal Glison, Miyavi
1936 yili Berlinda Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan yengil atletikachi Lui Zamperini Ikkinchi jahon urushida yaponlarga asirga tushadi. Uni sindirishga ko‘p va ho‘p urinishadi. Ammo o‘z vijdoniga sodiq qolgan Zamperinining irodasi bukilmaydi. Oradan 50 yillar vaqt o‘tib, Zamperini Yaponiyaga safar qiladi va urush davrida o‘ziga zulm qilganlar bilan uchrashib, ularni kechiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar