23:00 / 10.05.2019
3 613

O‘zbekiston delegatsiyasi 72-Kann xalqaro kinofestivaliga jo‘nab ketadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 72-Kann xalqaro kinofestivaliga jo‘nab ketadi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan joriy yilning 14-25 may kunlari 72-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi “Marché Du Film” kino tadbirida ikkinchi bor “O‘zbekiston milliy paviloni” tashkil qilinadi.

Xalqaro festival oldidan Kinematografiyani rivojlantirish markazida 72-Kann xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston pavilonining tashkil etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, tajribali kinoijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ular kino yo‘nalishida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekistonning Xalqaro festivalda ishtirokining ahamiyati hamda kelgusida erishishi kutilayotgan yutuqlar haqida fikr bildirishdi.

Shuningdek, Pavilon qatnashchilari “PROlogue V” xalqaro kinofestivalining taqdimotini o‘tkazish va unga xorijlik kinoijodkorlarni taklif etish, chet el kinokompaniyalarini yurtimiz kinolokatsiyalarida filmlar sur’atga olish uchun jalb qilishni rejalashtirganini ta’kidlashdi. Mahalliy kinematografiya vakillari ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar yaratish hamda O‘zbekistonda kinoturizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar olib borilishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

—Xalqaro Kann kinofestivali kino bo‘yicha eng nufuzli festivallardan hisoblanib, undagi kinobozorda har bir mamlakat o‘z pavilonini tashkil etib, sohadagi salohiyatini namoyish etadi. Festival mamlakatimizga kinoturizm salohiyatini namoyish etish va uni film olish uchun qulay va optimal lokatsiya sifatida targ‘ib qilish hamda taniqli kinokompaniyalarni yurtimizga o‘z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish imkoniyatini yaratadi, – deydi Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov.

72-Xalqaro Kann festivalida Yurtimiz paviloni qurilishi xalqaro maydonda mamlakat imijini oshirish, kelajakda respublikamizning iste’dodli kinoijodkorlarini dunyo miqyosida tanitish, O‘zbekiston kino san’atiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish hamda davlatimizning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston milliy paviloni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi hamda O‘zbekistonning Fransi yadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston delegatsiyasi 72-Kann xalqaro kinofestivaliga jo‘nab ketadi