Foto: Yoshlar media markazi
Marche du Film kinobozorida tashkil qilingan milliy pavilonga 71-xalqaro Kann kinofestivali g‘oliblari, «Ayka» filmi ijodkorlari — rejissyor, ssenariy muallifi Sergey Dvorsevoy va bosh rolni ijro etgan hamda 2018 yilda «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan Samal Yeslyamova tashrif buyurdi. Bu haqda Yoshlar media markaziga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi mehmonlarni mamlakat kinolokatsiyalari bilan tanishtirdi. Kelajakda qo‘shma loyihalar qilish hamda 2019 yil 26—30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 5-xalqaro PROlogue kinofestivalida qatnashishga taklif qildi.
«Garchi yaqin qo‘shnilar bo‘lsak ham, afsuski, hali O‘zbekistonda bo‘lmaganman. Lekin Buxoro va Samarqand haqida ko‘p eshitganman. Menga bunday ko‘p asrli tarixga ega mamlakatlar juda yoqadi. Milliy pavilondagi taqdimotlar va kataloglardagi fotosuratlarni ko‘rib, O‘zbekiston naqadar jozibali va chiroyli go‘shalarga boy ekaniga ishonch hosil qildim. Albatta, kinofestivalda qatnashishdan ham xursand bo‘laman», — dedi Samal Yeslyamova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi