
Foto: «O‘zbekkino» MA matbuot xizmati
Xalqaro kino festivallarida munosib o‘rinni egallab kelayotgan rejissyor Shokir Xoliqovning «Choy» hamda rejissyor Sevara Halimovaning «Kulcha» nomli qisqa metrajli filmlarining taqdimot marosimi o‘tkaziladi.
Bu haqda «O‘zbekkino» MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
«O‘zbekkino» MA matbuot xizmati ma’lumotiga qaraganda, 2019 yil 1 iyul kuni soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «Yoshlar kuni» munosabati bilan, ko‘pchilik kino muxlislarning talab va takliflariga ko‘ra «Choy» va «Kulcha» filmlarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 1 iyul kuni «Zumrasha» bolalar yumoristik jurnalining taqdimoti ham o‘tkaziladi. Mazkur taqdimotlarga kirish bepul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar