
Foto: Instagram
Olmaotada 26 iyundan 29 iyunga qadar Miss kategoriyasi bo‘yicha Fashion House International Kazakhstan 2019 xalqaro go‘zallik, moda va iste’dod forumi o‘tkazildi. Daryoning xabar berishicha, unda o‘zbekistonlik Sofya Usova gran-pri g‘olibi bo‘ldi.
«Men O‘zbekistonni Miss kategoriyasi bo‘yicha tanishtirdim. Tanlovning o‘zi bir necha bosqichlarda o‘tdi. Milliy kiyimda chiqish qilish, kechki libos, sport uslubi va iste’dodlar tanlovi bo‘ldi. Unda O‘rta Osiyoning barcha davlatlaridan bo‘lgan vakillar ishtirok etdi», — deydi Sofya Usova.
Qayd etilishicha, Sofya Moskvada bo‘lib o‘tadigan go‘zallik tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishda davom etadi.
Xalqaro go‘zallik, moda va iste’dod forumi (FHI) O‘rta Osiyo hududida yashovchi xalqlar millat uchun final bosqich bo‘lib, World Beauty 2019 dunyo bo‘yicha finalning saralash bosqichi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar