14:12 / 27.09.2019
3 917

Toshkentda Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultet ochildi

Toshkentda Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultet ochildi
26-sentyabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultet tantanali ravishda ochildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Tadbirda Parij Xalqaro moda akademiyasining prezidenti janob Jan-Filip Vukler, akademiya direktori Karina Andres xonim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Qoʻngʻirot Sharipov, institut jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Jahonga mashhur Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultetga 50 nafar talaba qabul qilindi. Oʻquv jarayoni xalqaro ilgʻor tajribalar asosida hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari boʻyicha oʻzbek va fransuz professor-oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi.

Mazkur xalqaro qoʻshma fakultetda talabalar toʻrt yil tahsil oladi, oʻquv jarayonlari va amaliyotning bir qismi Fransiyada boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Bitiruvchilarga Parij Xalqaro moda akademiyasi hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining diplomlari beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultet ochildi