3 211
Daniyaliklar «O‘zbekkino»ni kino ishlab chiqarish sohasida mintaqaviy yetakchiga aylantirmoqchi
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
«O‘zbekkino» milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Daniya poytaxti Kopengagen shahrida «O‘zbekkino» milliy agentligi va Daniyaning Danmon Group kompaniyasi o‘rtasida «O‘zbekfilm» kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi.
Loyihada «O‘zbekfilm»ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.
«Yangi jihozlar yordamida O‘zbekiston va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritamiz», — degan «O‘zbekkino» rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Canon, Apple, Vicon va shu kabi boshqa kompaniyalar O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)