3 686
Xonanda Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini koʻrsatuvchi klipiga izoh berdi
Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etib, keng muhokamalar markaziga tushib qoldi. Shu sabab Lola oʻzining ushbu klipi borasida Instagramʻdagi sahifasi orqali izoh berdi.
"Soʻnggi video chiqqanidan soʻng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini oʻzgartirib, oʻz manfaati yoʻlida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi boʻlishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yoʻq.
Men ijodkorman. Sanʼat bilan shugʻullanaman, sanʼat esa — hayotning koʻzgusi. Oʻz ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, baʼzida maishiy va bularning barchasini chin koʻngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto oʻylashga ham qoʻrqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan oʻzgarishlar davrida yashayapmiz.
Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qoʻl urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provakatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men Oʻzbekiston fuqarosiman, oʻz Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi koʻraman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga boʻlgan muhabbatim sabab!"
Avvalroq Xotin-qizlar qoʻmitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yoʻldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan “Sevgingni menga ayt” qoʻshigʻi klipi haqida “Atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, maʼnaviyat soʻzini oʻyinchoq qilib qoʻygani – bu yigirma beshinchi kadr”, deya munosabat bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi