Foto: «YouTube»
Shu kunlarda internet tarmoqlarida shov-shuvga aylangan va ko‘pchilik tomonidan ma’qullanayotgan bu klipda asosan tiyiqsizlik, poyonsiz erkinlikka intilish bordek.
O‘zi aslida Lolaning qo‘shiqlariga bir paytlar o‘zim ham muxlis bo‘lganman. Birinchi kuylagan «Bahor» qo‘shig‘iyam esimda, keyin «Netayin» qo‘shig‘i bilan tanilgan Lolani, garchi o‘sha qo‘shiqniyam so‘zini noto‘g‘ri tallafuz etib, «nehtayin» deb kuylasa ham, baribir yoqtirardim.
Keyin u mashhur bo‘lib ketdi. Ayniqsa, 2005 yildagi «Ko‘z yoshim» qo‘shig‘i hammaning qalbiga kirib borgandi. O‘sha paytlar qo‘shiqchida qandaydir yaxshi ma’nodagi chegara bor edi, bu qo‘shiqlarida ham sezilar, kliplari o‘zgacha joziba kasb etardi. O‘shanda uni o‘zbekcha kuylab, ruscha gapirsa ham yaxshi ko‘rardim. Afsus... So‘nggi kliplaridagi taqirbosh ko‘rinishlar, kiyinish uslublaridan keyin uni taniyolmay qoldim. Shundagina bildimki, ijodda ham nazokat va joziba kasb etgan o‘sha chegaraga nimadir bo‘lgan. Men hamon Lolaning eski qo‘shiqlarini, o‘sha sirlilikka va iboga belangan jozibali ko‘rinishlarini sog‘inaman.
Aslida inson ma’nan erkin yashashi mumkinmi? Shunday yashash bizga ma’qulmi? Yo‘q, Lola xohlayotganidek, insoniyat ma’nan betiyiq bo‘lganida Yaratgandan bizga doimiy axloqimizni chegaralovchi muqaddas kitoblar yuborilmasdi. Inson bor ekan axloqiy me’yor bo‘lishi shart. Xo‘sh, MILLIYLIK degan tushunchamizga allergiyasi bor yoshlar aytsinchi, ular oilada otasidan yuqorida o‘tira oladimi?!
Endi shu o‘rinda qushiqchilarni nazorat qilish kerakmi, degan savolga men «ha», derdim. Lekin ularning qo‘shiqlarini emas, kliplarini nazorat qilish kerak. Mayli qo‘shiqni erkin ijod qilsin, lekin ommaga taqdim etayotgan klipida axloqiy mezonlarni hisobga olsin, chunki ularni tomosha qiluvchi va ulardan andoza oluvchilar asosan bizning farzandlarimiz.
Shuhrat Normurodov
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi