19:53 / 20.11.2019
5 446

Amitabh Bachchan​: Yangi yilga atigi 43 kun qoldi!

Amitabh Bachchan​: Yangi yilga atigi 43 kun qoldi!
Hind kinosining mashhur yulduzlaridan biri megayulduz Amitabh Bachchan o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida faolligi bilan ko‘plab muxlislarini hayratda qoldirib keladi. Kuni kecha 2019 yilning 18 noyabr kuni u kirib kelayotgan yangi 2020 yil haqida bir qancha ajoyib fikrlarni bildirdi.

A.Bachchan shunday deydi: «... biz uchun tugab borayotgan yilni sarhisob qilish vaqti keldi, menimcha. Nimalarga erishdik-u nimalarni qo‘ldan boy berdik?! Mana Yangi yilning kirib kelishiga ham atigi 43 kun qoldi. Bu muddat kimlar uchun juda qisqa muddat bo‘lishi mumkin, lekin men uchun mana shu 43 kun tugab borayotgan yilni sarhisob qilib olishim uchun yetarli bo‘ladi. O‘z o‘rnida aytishim kerakki, 2020 yilda yanada ko‘plab yutuqlarni zabt etishdan ham ko‘proq tinch hamda totuv hayot kechirishni barchaga tilab qolgan bo‘lar edim. Omad hamda boylikning siri bu sihat-salomatlikdadir...»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amitabh Bachchan​: Yangi yilga atigi 43 kun qoldi!