Samarqandda AQSh hamda dunyo kinosanoati markazlaridan biri bo‘lgan Gollivud tipidagi kino shaharchasi quriladi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Samarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy hududida qurilishi rejalashtirilgan kinoshaharcha loyihasi Vendo group kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Foto: Daryo.uz
«Loyihaning umumiy yer maydoni 160 gektar bo‘lib, shaharcha Cinema City Sollywood nomini oladi. Unda zamonaviy ko‘rinishdagi 3—4 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat bog‘lari (bulvar, tropik), akvapark, kinoteatr, konsertlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan zallar barpo etiladi,» — deydi loyiha muallifi H.Mamasoliyev.
Foto: Daryo.uz
2022 yilda to‘la quvvatda ishga tushiraladigan ushbu loyiha tufayli hududda 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari ochiladi. Shaharcha AQShning Daha USA Group hamda Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladi. Birinchi bosqichda 15,0 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘larini kiritish rejalashtirilgan.
Shuningdek, shaharchada avtomobil ishqibozlari uchun «Avtoralli yo‘lagi», turizmni rivojlantirish va sayyohlar tashrifini oshirish uchun Okeanarium qurish ham ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin