2020 yilning 1 yanvaridan boshlab san’atkorlarning to‘y va maraka marosimlarida litsenziyasiz ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Oliy Majlis senatining axborot xizmati ma’lum qildi.
Yangi qarorda ko‘zda tutilgan tartiblarga ko‘ra, bundan buyon to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ishtirok etuvchi san’atkorlar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga xizmat ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziya nusxasini taqdim etishi shart.
Shuningdek, to‘ylar, oilaviy tantanalar hamda ma’raka va marosimlarda xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar qonuniy tartibda shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
Yuqorida ko‘zda tutilgan marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari to‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilayotganda xavfsizlik choralari ta’minlanishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?