12 645
«Sarvqomat dilbarim» filmida Adiz Rajabov ishtirokidagi o‘pishish sahnasi qanday suratga olingan? (video)
Rejissyor Sarvar Karimov «Ular» dasturiga bergan intervyusi davomida qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda suratga olingan «Sarvqomat dilbarim» filmidagi bosh qahramonlarning o‘pishish sahnasi haqidagi savolga javob berdi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda ekranlarga chiqqan «Sarvqomat dilbarim» filmida bosh rollarni o‘zbekistonlik Adiz Rajabov va qirg‘izistonlik Madina Talibek ijro etgan.
— «Sarvqomat dilbarim» filmida bosh qahramon Ilyos va Asalning o‘pishish, bo‘sa olish sahnasi bor. Aktyorlar bunga qanday qaradi? «Biz professionalmiz, muammo yo‘q», deyishdimi yoki qandaydir muammo tug‘ildimi?
— Bilasizmi, agar men o‘sha sahnani s’yomkaning boshida, birinchi-ikkinchi kunlarda olganimda, ular uchun bu g‘alatiroq bo‘lishi mumkin edi. Shuni hisobga olib, bu sahna tasvirga olish ishlarining oxirrog‘ida olindi. Adashmasam, bu aktrisamiz Madina Talibekning oxirgi s’yomka kuni edi. Ungacha aktyor va aktrisalar bir-birini ancha yaxshi tanib, do‘stlashib qolgandi. To‘g‘ri, Madina ham sal uyaldi — baribir yosh qiz, turmushga chiqmagan, hijolatroq bo‘lgandek bo‘ldi. Lekin keyin: «Bu narsa asar uchun kerak», dedi, Adiz aka ham yaxshi partnyor sifatida qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin bu sahnani qiyinchiliksiz oldik. Uchta dublda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi