14:00 / 27.01.2020
3 872

Sherali Jo‘rayev: Bugunimiz xuddi Navoiy va Boyqarolar zamoniga o‘xshaydi — go‘zal ishlar boshlangan

Sherali Jo‘rayev: Bugunimiz xuddi Navoiy va Boyqarolar zamoniga o‘xshaydi — go‘zal ishlar boshlangan
O‘zbekistondagi hozirgi vaziyat, hozirgi o‘zgarishlar xuddi Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro zamonidagi ko‘tarilish davriga o‘xshaydi. Bunday fikr Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan so‘ng O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda Musulmonbek Ibrohimov.

Uning qayd etishicha, Prezident Murojaatnomasida «dunyodagi eng pokiza gaplar» aytilgan.
- Ko‘hna adabiyotimizni, hadis ilmini o‘qimay qo‘ygandik, eng pokiza ishlarimizni qilmay qo‘ygandik, qadriga yetmayotgandik. Bu yerda gap hazrat Buxoriy, Alisher Navoiy va boshqa ulamolar haqida ketyapti. Biz ularni o‘rganishimiz kerak.

Hazrat Navoiy bilan Husayn Boyqaro aka-ukadek katta bo‘lgan. 15-20 yil birga darbadarlikda yurgan. Husayn Boyqaro taxtga o‘tirgach, Samarqanddan Alisher Navoiyni olib kelgan. Keyin «Menga vazir bo‘lasiz va boshqarasiz», deb umrining oxirigacha birga bo‘lgan. Ba’zi kitoblarda ular bir-biriga dushman qilib ko‘rsatiladi, aslida unday emas.

Ular yurtni boshqargan davrda — Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro zamonida go‘zal ishlar boshlangan: madaniyat, san’at, din — hammasi go‘zal darajaga chiqqan, ko‘chalar, masjidlar qurish, yetim va bechoralarga qarash rivojlangan. Bugungi kunimiz ham xuddi shunga o‘xshaydi, - deydi Sherali Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayev: Bugunimiz xuddi Navoiy va Boyqarolar zamoniga o‘xshaydi — go‘zal ishlar boshlangan