Foto: O‘zA
O‘zbekiston Madaniyat vazirligida shahar va viloyat boshqarmalari, tizimning barcha xodimlari qatnashgan videoselektor bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, videoselektorda madaniy meros ob’ektlari faoliyatini rivojlantirish, tarixiy inshootlarni, ularning turistik salohiyatini chuqur o‘rganib, turizm yo‘nalishiga kiritish bo‘yicha takliflar berish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, sohadagi muammolar, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar o‘rtaga tashlandi.
Videoselektor davomida viloyat boshqarmalari rahbarlarining takliflari tinglandi. Jumladan, maqom san’atini rivojlantirish, turli tanlovlar tashkil qilish, baxshichilik san’atini yuksaltirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Madaniyat vaziri vazifasida ish boshlagan vazir Ozodbek Nazarbekov vazirlik tizimini butkul isloh qilish bo‘yicha o‘z fikr va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari haqida ham alohida to‘xtaldi.
Foto: O‘zA
- Videoselektordan asosiy xulosangiz adolat bo‘lsin. Madaniyat tizimida korrupsiya urchib ketgan, hamma o‘z etagini yig‘ishtirib olsin. Avvalo, shu sohani korrupsiyadan tozalashimiz lozim. Madaniyat vazirligidan to eng quyi tizimgacha adolat o‘rnatiladi. Kim menga do‘st bo‘lsa, men tomonda tursin yoki u menga dushman bo‘ladi. Prezident menga ishondi, adolat o‘rnatadi, deb ishondi. Bu yog‘iga adolat to‘nini kiyib, ma’rifat qilichini baland ko‘tarib tizimni tozalaymiz. Korrupsiyaga qarshi kurashishda esa menga halol jamoa kerak.
Prezidentimiz aytgan halollik vaksinasi nima? U avvalo ko‘ngilni tozalash, haromni nima ekanini anglab undan himoyalanishdir. Farzandlaringizga halol luqma yediring. Bu borada respublika madaniyat xodimlari barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim.
Adolat to‘nini kiyib, ma’rifat qilichini baland ko‘tarib madaniyat tizimini korrupsiyadan tozalaymiz, - deydi Ozodbek Nazarbekov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi