6 105
Moskvada Munisa Rizayeva ishtirokidagi konsert bekor qilingani noroziliklarga sabab bo‘ldi
Foto: «SB.uz»
Xonanda Munisa Rizayeva va ozarbayjonlik qo‘shiqchi Uzeyir Mehdizodaning 8 mart kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti taqdim etilmadi. Bu holat konsertga chipta sotib olgan muxlislar, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
«Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Munisa Rizayevaning ma’muri Dilmurod Sattorovga murojaat qildi. U tashkilotchilar zarur texnik vositalardan birini topa olmagani uchun, konsert aprel oyi o‘rtalariga qoldirilganini ma’lum qildi.
«Tarmoqlarda tarqalayotgan ‘Munisa bilet olganlarni chuv tushirdi’, ‘uxlatdi’, degan mazmundagi har-xil gap-so‘zlarning barchasi asossiz. Bu Munisaning yakkaxon dasturi emas edi. Tashkilotchilar Munisa va Uzeyir ikkalasi ishtirokida 2,5 soatlik konsert uyushtirishni belgilashgandi. Unda Munisa bir soatu 15 daqiqa qo‘shiq aytardi, xolos. Biz hech narsaga aralashmaganmiz. Barchasi tashkilotchilar zimmasida bo‘lgan. Agar dastur Munisaning bir o‘ziga tegishli bo‘lib, konsert o‘tkazilmaganida, turli shubhalarga borish mumkin edi», — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Moskvadagi konsert tashkilotchilari O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari bilan uchrashib, qonuniy shartnomalar imzolangan. Xonanda bu konsert uchun gonorar olmagan, xizmat haqi konsert boshlanishidan bir necha soat avval taqdim etilishiga kelishilgan edi.
Dilshod Sattorovning alohida qayd etib o‘tishicha, bilet olganlarga mablag‘lari qaytarilmoqda.
«Ko‘pchilik biletni internet orqali xarid qilgan ekan. Tashkilotchilar onlayn bilet sotib olganlar hisob raqamiga pullarni o‘tkazishni boshlagan. Naqd pulga bilet xarid qilganlarga ham pullari qaytariladi yoki apreldagi konsertga bilet beriladi. Qisqasi, qo‘lida bileti borlar sira xavotirlanishmasin. Hech kim ‘uxlatib’ ketilmaydi, hamma rozi qilinadi. Kimda-kim bilet pulini ololmayotgan bo‘lsa, bizga yoki tashkilotchilarga murojaat qilsin. Ularga pullari yuz foiz qaytariladi», — deya qo‘shimcha qildi Sattorov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi