Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirus pandemiyasiga atab qo‘shiq kuyladi. Uning aytishicha, pandemiyadan najot faqat poklikda topiladi.
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov koronavirus xavfi paydo bo‘lgan bir davrda xalqni poklikka targ‘ib etuvchi qo‘shiq kuyladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Маданият вазири Озодбек Назарбеков коронавирусга атаб қўшиқ куйладиМаданият вазири Озодбек Назарбеков коронавирусга атаб қўшиқ куйлади ? https://kun.uz/66349150
Опубликовано Kun.uz Суббота, 4 апреля 2020 г.
Nazarbekovning ma’lum qilishicha, qo‘shiqni kuylash g‘oyasi karantin e’lon qilinganining ilk kunlaridayoq paydo bo‘lgan.
«Butun dunyoga balo kelishi bejiz emas: odamzod o‘zligini unutib qo‘ygan. Yer kurrasida insoniylik fazilatlari, qadriyat va sof munosabatlar unutilib, insoniyat nasliga bo‘lgan tajovuzlar kuzatilmoqda. Shularni o‘ylab, virusning tarqalishi insonlarga, bizga, tafakkur etishimiz uchun yana bir imkon ekaniga amin bo‘ldi», - dedi vazir Nazarbekov.
Ozodbek Nazarbekovning fikricha, virusga qarshi kurash choralari ham poklikka ishora qilmoqda. Pandemiyadan qutilishning chorasi ham shu.
«E’tibor qilsangiz, virus bizdan pok yurishni talab qilyapti. Demak, biz ham jismonan, ham ruhan poklikka intilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilgan u.
Vazir ushbu fikrlarni shoir Botir Ergashevga bildirgan. Shoir so‘zlari bilan musiqachi Nodirbek Umarov va Aziz Holmurodovga murojaat qilingan.
«Nazarimda, insoniyatni iltijo qutqaradigandek, odamzod esa ojiz bo‘lib qoldi. Dunyo ustunlari sanalgan bir qator rivojlangan davlatlar ham virus xavfi oldida ojizligini ko‘rsatdi. Shuning uchun qo‘shiq ohangida ham iltijo bo‘lishi kerak, degan fikrga keldik», - deya qo‘shiqning paydo bo‘lishi haqida gapirib berdi u.
Vazir poklik virusdan qutqaradi, deya, karantin qoidalariga rioya qilmayotganlar esa yaqinlari sog‘lig‘ini ham xavf ostiga qo‘yishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi