Foto: «Daryo»
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Yodgor Sa’diyev «Shaytanat» serialidagi Asadbekdan unga qaysi odatlar o‘tganligi haqida gapirib berdi.
- "Rol o‘ynashni men hech kimdan olgan emasman, men Tohir Malikni so‘zlarini gapirganman. Ko‘pincha menga ‘sen haligacha Asadbekka o‘xshab yurasan-a?’, deyishadi. Men o‘zi shunaqa yuraman, qarashim, gapirishim, yurishim ham hayotda qanday bo‘lsa, filmda ham shuni ko‘rsatganman.
Faqat bir narsani ushlaganman, ya’ni ko‘proq ko‘z bilan o‘ynab, sukutni ushlab turishni oldimga maqsad qilib qo‘ygandim. Nimaga uni ‘O‘q ilon’ deyishgan, chunki u bir narsaga qo‘l urmoqchi bo‘lsa, tez xulosa qiladi va shiddat bilan u ishni bajaradi.
Og‘aynilarim ham ‘Asadbekni yurishi senga yopishib qolgan’, deyishganida, ‘sizlar serialni 20 qismini ko‘rib, mening yurishimga e’tibor beryapsizlar, aslida ham men shunday yurardim’, deyman. Asadbek Yodgor Sa’diyevni keskinlikda o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin.
Menga Asadbekning yo‘tali o‘rnashib qolgan. Serialda yo‘talga tayyorgarlik ko‘rganimda o‘zimni zo‘rlab ko‘p yo‘talganman va bu narsa o‘tirib qolgan edi. Bu yo‘talish 2-2,5 yilcha davom etgan. Asadbekdan Yodgor Sa’diyevga o‘tgan narsa — bu yo‘tal.
Boshqa hamma narsa Tohir Malikdan o‘tgan, uning yozgani bo‘yicha ijro qilingan", - deydi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev.
Ma’lumot uchun, «Shaytanat» seriali 20 yillik «zapret»dan so‘ng, ilk bor Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi