
Afsonaviy «Bolalar» guruhi yakkaxoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov 12 aprel kuni nevarali bo‘ldi. Bu haqda «Xo‘ja» guruhi xonandasi Izzat Ibragimov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @tokhir_sodikov
«Tohir, do‘stim, nabira muborak bo‘lsin! Olloh peshonasini sajdali qilsin, qalbini Qur’onga muhabbatli qilsin! Ota-onasi ko‘zining quvonchi bo‘lib, unib-o‘ssin. Bizlarni ham Olloh mana shunday ‘doda’ bo‘lish baxtiga muyassar etsin! Omin!», — deb yozdi Izzat Ibragimov.
Tohir Sodiqov 2019 yilning mart oyida to‘ng‘ich qizi Go‘zalni turmushga bergan edi.

Foto: MyDay

Foto: MyDay “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar