date
views 3 694

Uydan chiqmagin bolam

Uydan chiqmagin bolam
Nargiza Kamalova
UYDAN CHIQMAGIN BOLAM

O‘G‘IL: Kecha yomg‘ir bizda zo‘r yog‘di...
Qishloqda ham yog‘dimi ona?
Bedalarning bo‘yi cho‘zilib,
O‘rimlarga kirdimi ona?
Ukam uyda mazza qilgandir?
Chillik, kurash avjida bo‘lsa.
Hovlimizni, shirin ukamni.
Juda-juda sog‘indim ona!

ONA: Yomg‘irlar ham yog‘ib o‘tmoqda,
Bedalar ham ikkinchi o‘rim.
Ukang uyda, kitob qo‘lida.
Hammamiz ham tinchlik yo‘lida.
Biz ham seni sog‘indik biram,
Uyda o‘tir, chiqmagin bolam!

O‘G‘IL: Xolam betob bo‘lib qolibdi,
Borib xabar olingda ona.
Novvos boqib yurgandi tog‘am,
Daromadi yaxshimi ona?
Bo‘lar edi varrak mavsumi,
Mavsumlar ham o‘tdimi ona?
Juda-juda zerikib ketdim,
Men sizlarni sog‘indim ona!

ONA: Xolang ancha tuzalib qoldi,
Telefonda so‘radim bolam.
Tog‘ang yaxshi, u ham salomat,
Tinchlik katta daromad bolam.
Mavsumlarni sog‘ingan bo‘lsang,
Hali o‘zing kelarsan bolam.
Diydor agar istagan bo‘lsang,
Uyda o‘tir, chiqmagin bolam.
Senga bizdan katta salomlar,
Omonlikni tilayman bolam.
Hayot davom etaveradi,
Uyda o‘tir, chiqmagin bolam!

Muallif: Nargiza Kamalova
"Oltin qalam"Milliy
mukofoti sovrindori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Uydan chiqmagin bolam