Foto: «Daryo»
Bir qancha filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda kino olamidan butunlay voz kechgan aktyor Farruh Soipov «Daryo» uchun eksklyuziv intervyu berdi.
Farruh Soipov suhbat davomida ijtimoiy tarmoqlarda uning nomi bilan soxta sahifalar ochgan bloger va sahifa ma’murlariga murojaat qildi.
- Internet tarmoqlarda, turli xil saytlarda har xil odamlar mening nomimdan sahifalar ochib tashlabdi. So‘nggi vaqtlarda bundan sahifalar juda ham ko‘payib ketibdi. Bu sahifalardan nomimdan nojo‘ya kontentlar ham joylanayotgan ekan. Bu ish asli xatarli, fitnaga sabab bo‘ladigan narsa. Nafaqat bu dunyoda, balki oxiratda ham buning javobi baribir bo‘ladi. Chunki bu — tuhmat o‘rnida bo‘ladi. Masalan, bir odam mening nomimdan yozib, har xil fikrlarni bildirib, turli xil yo‘llarga chaqiradigan bo‘lsa, bir fitnaga olib keladi. Ya’ni birovning nomidan yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘lib qoladi.
Qolaversa, o‘zim nojo‘ya deb bilgan domlalarni taklif qilishi mumkin. Shuning uchun biz bunday bloger va sahifa ma’murlarini Allohdan qo‘rqishlikka chaqiramiz. Har bir narsaning javobgarligi bor. Ular da’vat qilyapmiz, deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq da’vat birovni nomidan har xil narsalarni aralash tarqatish bilan qilinmaydi. Shuning uchun ular o‘zlarining faoliyatlarini davom ettirishadigan bo‘lsa, nomimni o‘chirib tashlab, boshqa bir nom bilan sahifalarini yuritishlarini iltimos qilamiz, - Farruh Soipov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti