
O‘zbekistonning diniy tadqiqot muassasalari Malayziya Islomiy Da’vat Instituti (IKIM) bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malayziya Islomiy Da’vat instituti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Tomonlar islomiy merosni birgalikda o‘rganishga, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va O‘zbekistonda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga, shuningdek, ma’rifiy islomni o‘rganishga kelishib oldilar.
Malayziya Islomiy Da’vat instituti raisi Ahmad Sarji O‘zbekiston Malayziya ilmiy va akademik hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otishini ta’kidladi. O‘zbekistonda saqlanayotgan 100 mingta qadimiy va noyob qo‘lyozmalarni o‘rganish imkoniyati haqiqiy islomni yaxshiroq anglashga imkon beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar