90 yillar filmlaridagi esda qolarli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Bollivud yulduzlari hozir qanday ko‘rinishda? Quyidagi suratlar orqali ushbu savolga javob beramiz.
Madxuri Dikshit
Foto: «Yandeks Dzen»
90 yillarning eng mashhur aktrisalaridan biri Madxuri Dikshitning 1984 yilda suratga olingan «Abodh» filmida debyut rol ijro qilganiga qaramay, unga haqiqiy muvaffaqiyatni 1998 yilda Anil Kapur bilan birga suratga tushgan «Tezaab» filmi olib kelgan. Shundan keyin u ishtirokidagi «Dil», «Sen uchun kimman?» va «Telba yurak» filmlari muxlislar qalbidan joy olgan. Dikshit xonim hozir 52 yoshda va yoshiga nisbatan juda ham go‘zal ko‘rinishga ega.
Ravina Tandon
Foto: «Yandeks Dzen»
Ravina Tandon ham 90 yillarda o‘ziga yarasha yaxshi ma’lum bo‘lgan yulduzlardan sanaladi. Ravina, yilning eng yaxshi debyuti nominatsiyasi bo‘yicha FilmFare Awards mukofotini qo‘lga kiritgan. Tandon faoliyati davomida, turli janrlarda, turli qahramonlarni gavdalantira olishini isbotlagan aktrisa hisoblanadi. «Vaxshiy», «Mustafo» va «Kuyov Radja» filmlaridagi muvaffaqiyatli rol ijro qilgan aktrisa hozir 45 yoshda.
Juhi Chavla
Foto: «Yandeks Dzen»
90 yillarning yana bir taniqli aktrisalaridan biri bo‘lgan Juhi Chavla, Bollivudga 1986 yildagi «Saltanat» filmidagi roli bilan kirib kelgandi. Karerada muvaffaqiyatning boshlanishiga sababchi deb esa Amir Xon bilan birgalikda suratga tushgan «Hukm» filmi olib keldi deb aytish mumkin. «Qo‘rquv», «Xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin» filmlaridagi rollari bilan muxlislar mehrini qozongan aktrisa hozir 52 yoshda.
Kajol
Foto: «Yandeks Dzen»
Eng iste’dodli va mahoratli aktrisalaridan hisoblangan Kajolsiz Bollivud kino sanoatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Baazigar», «O‘g‘irlanmagan kelin» , «Hayotda hamma narsa bo‘ladi» va boshqalarni uning karerasidagi eng omadli filmlar deb atash mumkin. Tabassumi va samimiyligi bilan boshqalardan ajralib turadigan aktrisa hozir 45 yoshda.
Sonali Bendre
Foto: «Yandeks Dzen»
Nafaqat mashhur aktrisa, balki fotomodel sifatida ham yaxshi ma’lum bo‘lgan, «Qiyofadosh», «Janob mayor» va boshqa bir qancha filmlarda ishtirok etgan aktrisa hozir 45 yoshda.
Tabu
Foto: «Yandeks Dzen»
«Qora ko‘zoynakli yigit» filmidagi ijrosi bilan taniqli aktrisa Tabassum Hashmi aka Tabu hozir 49 yoshda.
Shilpa Shetti
Foto: «Yandeks Dzen»
1993 yilda suratga olingan «Baazigar» filmida muvaffaqiyatli debyut o‘ynagan, 90 yillarda yuqoridagi aktrisalardan kam mashhur bo‘lmagan Shilpa Shetti hozir 45 yoshda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)