Mazkur yulduzlar hayotiga nazar tashlab, ular jonlantirgan chin oshiq rollari filmlarda qolib ketganini bilish mumkin.
Melisa Asli Pamuk va Tolga Sala
Foto: Getty Images
O‘zbek tomoshabinlariga «Sevgi iztirobi» filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Melisa Asli, «Tirilish: Ertug‘rul» va «Chuqur» seriallari yulduzi Tolga bilan 10 yillik munosabatlardan keyin aloqalariga nuqta qo‘ygan. Shundan keyin aktrisa, futbolchi Oguz Ozyakul bilan uchrashishni boshlagan, juftlik ayni vaqtda to‘y taraddudini ko‘rmoqda.
Demet O‘zdemir va Jan Yaman
Foto: Getty Images
«Tong qushi» filmida aktyorlar sevishganlar rolini ijro qilgani, ularning shaxsiy hayotida ham o‘z aksini ko‘rsatgan. Unga qadar Demet O‘zdemir va aktyor Sechkin O‘zdemir o‘rtasida munosabatlar bo‘lgan, biroq Jan sabab ikkala O‘zdemir ham o‘z yo‘lidan ketgan. Jan va Demet munosabatlari ham uzoqqa bormagan, juftlik 2019 yilda do‘st bo‘lib xayrlashgan.
Chag‘atay Ulusoy va Duygu Sarishin
Foto: Getty Images
Yulduzli juftlik virus sabab e’lon qilingan karantin vaqtida ayrilgan. Qizig‘i, «Ichkarida» seriali yulduzi bo‘lgan Chag‘atay, izolyatsiya munosabatlarni mustahkamlash va ikki inson bir-birini yaxshiroq tushunishi uchun yaxshi imkoniyat ekanini bir necha marta ta’kidlagandi, avvalroq esa yanglishganini tan oldi. Duygu va Chag‘atoy ham do‘st bo‘lib qolishini e’lon qilgan holda hammasiga nuqta qo‘ygan.
Tuba Buyukustun va Umut Evirgan
Foto: Milliyet
2017 yildan beri uchrashib yurgan Tuba va Umut, yarim yillik munosabatlardan keyin 2020 yilda ajralgan. Hammasi tugagani haqida esa aktyor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan. Turk OAV ularning ayrilishiga turli bahonalarni sabab qilib ko‘rsatadi, haqiqat esa juftlikning o‘ziga ayon. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi