date
views 5 451

To‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan Bollivud yulduzlari

To‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan Bollivud yulduzlari
Millionlab muxlislar havas qiladigan, ilhomlanadigan yulduzlar hayotida ham o‘ziga yarasha past-balandliklar bo‘ladi.

Karina Kapur

Foto: Getty Images
Karina Kapur yoshligida onasi Babita, otasi Randxir Kapur spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani sabab ikki qizini olib, uni tark etgan. Ota-onasi 20 yil davomida alohida yashagan bo‘lsa ham rasmiy ravishda ajrashmagan. Bundan tashqari, Babita qizlarini kinoda o‘z o‘rnini topishini istagan, Kapur janoblari bo‘lsa, bu kasb qizlar uchun emas deb qarshilik qilgan, oradan 20 yil o‘tibgina Karishma va Karinaning aktrisaligiga ko‘nikkan. Shundan keyingina ota va onasi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangan.

Farxan Axtar

Foto: Bollywood Hungama
Aktyor, otasi Javed Axtar va onasi Xani Uranning ajrashishini hazm qilishi qiyin bo‘lgan. Oiladagi muqaddas rishtaning uzilishiga otasi aktrisa Shaban Azmiga ilakishib qolgani sabab bo‘lgan.

Shruti Xasan

Aktrisa bolaligining erta tugashi sababi ham otasining onasiga bo‘lgan xiyonati va onasi to‘kkan ko‘z yoshlari bilan bog‘liq. Otasi Kamal Xasanning, onasi Sarikadan avval ham turmushi bo‘lgan. Sarika va Kamal 2004 yilda munosabatlariga rasman nuqta qo‘ygan.

Arjun Kapur

Foto: Getty Images
Arjun ham otasining «yurib ketishi»dan aziyat chekkanlardan hisoblanadi. Otasi ikkinchi xotini Shridevini uyiga olib kelganida aktyor endigina 11 yoshda edi. Onasi homilador kundoshiga uyni qoldirib, ikki farzandini olib qaynana-qaynatasining uyiga ketgan. Arjun ko‘zi oldida xo‘rlangan onasiga hamisha suyanch bo‘lgan. Onasi Mona Kapur 2012 yilda saratondan vafot etgan.

Katrina Kaif
View this post on Instagram

?

A post shared by Katrina Kaif (@katrinakaif) on


Katrina ham ota mehrini ko‘rmay o‘sganlardan. Ota-onasi aktrisa bolalik paytida ajrashgan. Katrina suyanchiq bo‘lgan do‘stlarining otasini ko‘rganda, ota mehrini tuyishni istashini ta’kidlaydi.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » To‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan Bollivud yulduzlari