9 551
90 yillarning mashhur xonandasi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytmoqda
Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati
90 yillar o‘zbek san’atining yorqin namoyondasi, o‘z davrining eng xit taronalari ijrochisi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan keyin yana katta sahnaga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
«Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda hamda saytlarda Mohira Asadova va uning ijod faoliyati, shuningdek, litsenziyasi bo‘lishiga qaramasdan unga bo‘lgan turli xil ‘qarshiliklar’ haqida ko‘plab fikrlar va mulohazalar ko‘paymoqda.
Mana shu masalalarga oydinlik kiritish hamda ijobiy yechim topish maqsadida yaqinda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mohira Asadova bilan uchrashdi. Bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda uzoq yillardan buyon javobsiz qolgan savollar o‘z javobini topdi.
Ko‘plab respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan Mohira Asadova hozirgi kunda butun dunyoda davom etayotgan pandemiya davridan keyin san’at saroylarida jonli konsert berishi hamda ijod faoliyatini davom ettirishi va uni xalqqa namoyish etishida hech qanday to‘sqinliklar bo‘lmasligi aytib o‘tildi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi