Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida gapirdi

Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi Stories orqali muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u o‘zi suratga tushgan qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida aytdi.
Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi «Janob hech kim», «Hay hay qizaloq» hamda «Islomxo‘ja» filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi.

«Hay hay qizaloq» filmidan kadr
Foto: YouTube
Aktrisaning muxlislaridan biri «Aytishlaricha, siz EKO yordamida homilador bo‘lgan ekansiz, shu rostmi?» — deya savol berdi.
«Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot, men homiladorlik paytida hatto vitaminlar ham ichganim yo‘q», — deydi aktrisa. Shuningdek, u sun’iy urug‘lantirish orqali homilador bo‘lishga qarshi emasligini ham bildirdi.

«Karantin tamoman tugaganidan keyin nima qilasiz?» deb so‘radi aktrisadan muxlisi.
«Bolalar xonasiga ko‘chib o‘taman va tagliklarda cho‘milaman», — dedi Asal Shodiyeva.
Avvalroq aktrisa baxti va orzusi haqida aytib o‘tgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi «Janob hech kim», «Hay hay qizaloq» hamda «Islomxo‘ja» filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi.

Izohlar 0
…