16:43 / 23.09.2020
5 964

Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)

Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)
Foto: YouTube
Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTVga bergan intervyusida gapirib berdi.

- "Dadam 63 yoshlarida haj safariga borgan edilar, ismlari Qurbon edi, ya’ni Qurbon hayitida tavallud topganlari uchun Qurbon qo‘yishgan ekan. O‘sha yerda aynan, Qurbon hayiti kuni, tug‘ilgan kunlari kuni olamdan o‘tdilar. O‘zi 8 avgust kuni tug‘ilgan kunlari.

Agar otam yonimda bo‘lsalar, rahmat degan bo‘lardim, chunki shunday insonning farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman. Menga yaxshi tarbiya berganlar. Hech qachon yolg‘on gapirmaslik, haqiqatni gapirish kerakligi haqida o‘rgatganlar, juda ham ko‘p joylarda otamning tarbiyasi bilan yurganman. Qiz bola uchun otaning o‘rni juda yuqori
", - deydi Bahora Arslonova.

Ma’lumot uchun, Bahora Arslonova «Zurriyot», «Isnod», «Komila», «Jonim Azobda» kabi filmlar va bir qancha seriallarda bosh rollarni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)