19:12 / 25.09.2020
12 495

Iroda Nosirova nojo‘ya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil «zapret»da yurgani haqida so‘zlab berdi (video)

Iroda Nosirova nojo‘ya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil «zapret»da yurgani haqida so‘zlab berdi (video)
Foto: «Daryo»
Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Iroda Nosirova suhbat davomida nima uchun televideniyada 18 yil «zapret»da yurgani sababini ma’lum qildi.

- "Ko‘pchilik meni «chet elga ketib qolibdi, 18 yil hech qayerda ko‘rinmayapti», deyishadi. Odamlar ko‘rinmay ketganimni har xil talqin qilishgan. Lekin men Toshkentda edim, ijodni to‘xtatmagandim. Ko‘rinmaganimning ikkita sababi bor edi. Birinchi o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sababi, 18 yil davomida «zapret»da edim. Ikkinchi sababi esa o‘zim shu narsadan ko‘nglim qolib chiqqim kelmadi. Harakat qilsam bo‘lardi, qaysidir eshiklarga bosh urganimda balki chiqardim. Lekin bu narsalarni qilmadim. Chunki san’at, shou-biznesdan ko‘nglim qolgani uchun bu narsalardan uzoqroq yurdim.

Hamma soha bo‘yicha «zapret»ga tushganman. Birinchi «zapret» 21 yoshimda televideniyeda ishlab yurganimda bo‘lgan. Ya’ni televizorga chiqish, biror dasturni olib borish, ko‘rinish imkoniyatidan mahrum bo‘lganman.

Yigirma bir yosh bo‘lgan vaqtimni o‘ylasam, hozir orqaga qarasam, go‘dak bo‘lgan ekanman, deyman. Nima deb o‘ylaysiz, kimga kerak bo‘lgan yosh bir go‘dakning karerasini sindirish? Siyosiy xato qilmaganman, o‘sha vaqtda jamoaning eng kichkinasi, eng yosh jurnalisti edim. Nima ish buyurilsa, dam olish kuni demasdan, ishimni vijdonan bajarganman.

Menga ishdan tashqari takliflar bo‘lgan. Kimgadir yo‘q deganingizdan keyin kimga ham yoqasiz. Televideniyega tanish-bilish orqali yoki kimdir orqali kelmaganman, hammasiga o‘zimning mehnatim, iqtidorim, ertalabdan kechgacha ishlash qobilyatim bo‘lgani uchun shu ishda ishlaganman. Nima uchun, o‘sha ishim davom etishi uchun, men birovning nafsini qondirishim kerak.

Shu takliflardan so‘ng o‘z xohishim bilan ishdan ketishga majbur bo‘lganman va bundan afsuslanmayman. Balkim boshqa yo‘lni tanlaganimda mansab pillapoyalaridan yuqori chiqib, shuncha vaqt ishsiz yurmagan bo‘lar edim", - deydi jurnalist, aktrisa, xonanda Iroda Nosirova.

Ma’lumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini «Davr» informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. «Alvido», «Omad», «Janob hech kim» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida «Kel» deb nomlangan qo‘shig‘i muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan so‘ng 2020 yildan Zo‘r TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Iroda Nosirova nojo‘ya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil «zapret»da yurgani haqida so‘zlab berdi (video)