08:43 / 30.09.2020
3 754

Gollivudning eng kelishgan va puldor aktyorlarining rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

Gollivudning eng kelishgan va puldor aktyorlarining rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Film va seriallarda go‘zal aktrisalar bilan birga rol ijro qilishiga qaramay, Gollivudning quyidagi yulduzlari rafiqa sifatida oddiy, ammo fe’l-atvori sabab e’tibor tortgan ayollarni tanlagan.

Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness

Foto: Cosmopolitan
24 yildan buyon birga hayot kechirayotgan mashhurlar 1996 yilda turmush qurgan. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, Jekmanning o‘zini tutishi va fe’l-atvori ular yoshidagi tafovutning bilinmasligiga sabab bo‘ladi. Juftlikning biologik farzandlari yo‘q, ammo 2000- yilda Oskar ismli farzandni, besh yil keyin esa qiz farzand asrab olgan. Jekman rafiqasini dunyodagi eng yaxshi ona deb hisoblaydi va hamma muhim qarorlarni birgalikda qabul qilishlari hamda ikki haftadan ko‘p bir-birlaridan uzoqda bo‘lmasliklarini ta’kidlaydi. Aktrisa uni Jekmanga turmushga chiqib, baxt uchun bilet yutib olgan, deb ta’rif berishlarini bildirib, taqdirni hal qilish inson qo‘lida ekanini qo‘shimcha qiladi. «Agar biron narsani istasangiz va niyatingiz ezgu bo‘lsa, uni amalga oshirish kerak», – deydi Deborra.

Pirs Brosnan va Kili Shey Smit

Foto: Cosmopolitan
Aktrisa, jurnalist va yozuvchi Kili Shey Pirs Brosnanning ikkinchi rafiqasi hisoblanadi. Aktyor birinchi turmush o‘rtog‘i saratondan vafot etganidan 10 yil keyin 2001 yilda Kiliga uylangan. Aktyor Kilini mustaqil ekani, usiz ham hamma narsani hal qila olishini yoqtiradi va shu sabab ham ular birgalikda baxtli turmush kechirib kelmoqda.

Klayv Ouen va Sara Jeyn-Fenton

Foto: Cosmopolitan
Britaniyalik mashhur xonanda Sara Jeyn Fenton va Ouen talabalik davrida «Romeo va Juletta» spektaklini ijro qilish davomida tanishgan va 1995 yilda turmush qurishgan. Sara karerasini tashlab, o‘zini oilasi va farzandlari tarbiyasiga bag‘ishlagan. Aktyor qanchadan qancha go‘zal aktrisalar bilan birga suratga tushishiga qaramay, rafiqasini hammadan chiroyli deb hisoblaydi.

Vensan Peres va Karin Silla

Foto: Cosmopolitan
Avval model sifatida faoliyat olib borgan Sillani moda chiqishida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bir ko‘rishda sevib qolgan. Ammo Karin Jerar Depardega turmushga chiqqan. Ammo farzandi bo‘lishiga qaramay, Jerar xiyonat qilishdan to‘xtamagan va shu sabab Karin uni tark etgan. Shundan keyin Vensan yana bir marta Karinning qo‘lini so‘ragan. Hozirda baxtiyor juftlik 4 farzandni katta qilmoqda.

Benedikt Kamberbitch va Sofi Xanter

Foto: Cosmopolitan
2009 yilda rejissyor Syuzen Lyuchanining filmida birga suratga tushgan mashhurlar avvaliga do‘stona munosabatda bo‘lgan. 2014 yilda turmush qurgan, oradan bir yil o‘tib esa farzandli bo‘lgan. Sofi Oksfordni tamomlagan, Parijda teatr san’atini o‘rgangan va tennis bilan shug‘ullanadi. Bendan munosabatlari siri haqida so‘ralganda, Sofi uning ishi va o‘zi bilan faxrlanishi hamda uni yaxshi ko‘rishini aytib, shu sabab ham uni rafiqa sifatida tanlaganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivudning eng kelishgan va puldor aktyorlarining rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)