6 132
«Ketayotib ko‘zlarim namlandi». Alisher Uzoqov Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Uzoqov suhbat davomida Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma’lum qildi.
- "Meni tushunishmadi va qadrimga yetishmadi. Men ishlardim, jon deb ishlardim, lekin maqsadlarim boshqa edi, o‘sha maqsadlarimni ularga tushuntirib bera olmadim.
Dublajlarda qancha harakat qilsam ham chopilaverdi, loyihalarda ham, ko‘rsatuvlarda ham shunday bo‘ldi. Men sifatga ko‘proq e’tibor beraman, meni nazarimda, meni fikrimcha sifat Zo‘r TV oldiga qo‘ygan eng asosiy maqsadlardan biri emas ekan. Fikrim bo‘yicha shunaqaroq ekan. Ketish juda og‘ir bo‘ldi, chiqib ketayotganimda ko‘zlarim namlandi. Chunki ancha loyihalar qildim, qadrdonlarim o‘sha yerda edi.
Yana taklif bo‘lsa qaytmayman. Faqatgina bitta «Bekat» degan loyiham u yerda qolgan, ammo bu haqda o‘zimga umuman indashmadi. U yerdan rozi-rizolik bilan ketdim. Men Zo‘r TV’dagi hammani yaxshi ko‘raman va hammani hurmat qilaman", - deydi Alisher Uzoqov.
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov «Janob hech kim», «Uylanish», «Tundan tonggacha», «So‘nggi lahza», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. «Muzlagan», «Kuzda gullagan daraxt», «Mening akam bo‘ydoq», «Endi dadam bo‘ydoq» kabi filmlarga rejissyorlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin