Foto: «News.artnet»
Leonardo da Vinchining «Mona Liza»si (yana bir nomi «Jokondo») jahon san’ati tarixida eng ahamiyatli va jumboqli asarlar sirasiga kiradi. Olimlar hanuz uni o‘rganish bilan band. Masalan, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda kartinada yashirin rasm borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «News.artnet» xabar berdi.
Rasmni multispektral tahlildan o‘tkazgan ekspertlar bo‘yoqlar ostida rassom tomonidan qoldirilgan chizmalarga duch kelishdi. Da Vinchi «spolvero» texnikasidan foydalangan (bunda ignada chizilgan izlar ko‘mir kukunlari yordamida to‘ldirilib, rasm ko‘chirib olinadi). Yuqori texnologiyalar kartinaning yorqin joylarida ko‘mirda chizilgan izlarni topishda yordam berdi.
Olimlar ilk marta mashhur san’at asarida ushbu texnikani uchratishganini aytishmoqda. «Mona Liza»ni ancha yillardan beri o‘rganayotgan tadqiqotchi Paskal Kottning taxminicha, yashirin surat kartinadan nusxalar olishda foydalanilgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun: ushbu mashhur asar Fransiyadagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. Taxminlardan biriga ko‘ra, suratda ipak sotuvchining rafiqasi Franchesko del Jokondo tasvirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi