08:48 / 03.10.2020
7 785

Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi

Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi
Taniqli xonanda Dildora Niyozova «Mirsodiqova bilan» ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi hamda ro‘mol o‘ragani sabablari haqida so‘zlab berdi.
«Har bir ayol ro‘mol o‘rashni xohlaydi. Mening uyimda qo‘shiq qo‘yilmaydi, faqat Qur’on qo‘yiladi. Ko‘pincha rivoyat va hadislarni eshitaman. San’atda ayol kishiga juda qiyin, shayton bor, lekin san’atda bu narsa juda kuchli. San’atkor bo‘lish mas’uliyati qiyin, chunki sizning har bir harakatingiz e’tiborda bo‘ladi. Avvaldan orzu qilardim, lekin san’atkorman, menga bu narsa to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘mol o‘rasam, keyin meni hech kim to‘yga aytmay qo‘yadi, deb o‘ylardim. Lekin ro‘mol insonni o‘zgartirib yuborarkan, mas’uliyatingiz ortar ekan.

To‘g‘risini aytaman, men o‘zimni kimlargadir ko‘z-ko‘z qilish uchun yoki endi men boshqacha ayol bo‘ldim, deyish uchun o‘ramadim. Shu narsaga amin bo‘ldimki, oddiygina bir ro‘mol inson xarakterini o‘zgartirib yuborar ekan. Avvalgi xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qilyapman. O‘zi oldindan aytib yurardim, tug‘ilgan kunimda ro‘mol o‘rayman, deb. 42 yoshga to‘lgan kunim o‘radim», — deydi xonanda.

Foto: Instagram / @niyozovadildora
Shuningdek, Dildora Niyozova bundan buyon to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Ozmi, ko‘pmi muxlislarim bor. Hozir birdan san’atni tark etsam, xato bo‘ladi. Ro‘mol o‘radim, lekin tarki dunyo qilmadim, san’atdan ketmadim. Hozircha faqat ayollar ishtirokidagi davralarga xizmatga boraman», — deydi xonanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi