Foto: «O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati
«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Inson» kinostudiyasi tomonidan «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi.
Film ssenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur film temuriyzoda Zahiriddinning tug‘ilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida. Umarshayx Mirzoning o‘g‘il farzand ko‘rish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar filmda badiiy to‘qimalar yordamida ochib beriladi.
«Yo‘lbarsning tug‘ilishi» tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona O‘ljayeva, Ma’ruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher o‘g‘li, postanovkachi operator Hasan Atabayev, ikkinchi rejissyor Bahriddin Aynazarov, postanovkachi rassom Sa’nat Kenjayev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zununova, grim ustasi Galina Geydelbax, film direktori Fayzirahmon Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi