
Aktrisa Sitora Alimjonova Instagram orqali muxlislari bilan muloqotga kirishib, ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova
Quyida aktrisa va muxlislari o‘rtasidagi savol-javoblar taqdim etiladi.
— Qachon farzandingizni qo‘lingizga olasiz?
— Xudo xohlasa, ozgina qoldi.
— Farzandli bo‘lganingizdan keyin ham aktrisalikni davom ettirasizmi?
— Xudo xohlasa, farzandimni ozgina katta qilib, keyin aktrisalikni davom ettiraman.
— Qanday rolni ijro etishni xohlardingiz?
— Tomda yashaydigan Karlsonni (kulib).
— Sevimli kitobingiz, musiqa va rangingiz?
— Istalgan yaxshi kitob, musiqa va qora rang.
— Toksikoz bilan qiynalmadingizmi?
— Xudoga shukur, umuman toksikoz bo‘lmadim.

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova
— Turmush o‘rtog‘ingizdan necha yosh kichkinasiz?
— 7 yosh kichkinaman.
— Hayotda eng muhim narsa?
— O‘ylashimcha, oila.
— Farzandingizni o‘zingiz dunyoga keltirasizmi yoki kesarcha kesish amaliyoti bilanmi?
— Eng qiyin savol. O‘zim ham bir qarorga kela olmayapman.
— Vazningiz?
— Hozirgi kunda 58 yoki 60 kiloman. Homiladorlik paytida 13-15 kiloga semirdim.
— Turmush o‘rtog‘ingizning eng yaxshi fazilati?
— G‘amxo‘rligi.

Foto: Instagram / @sitora_alimjanova
— «Sevgi» serialida Shohruh Hamdamov bilan ishladingiz, u bilan ishlash qanchalik ma’qul sizga?
— Shohruh Hamdamov men uchun eng yaxshi aktyor.
— Turmushimdan ajralganman, degandingiz. Chaqaloqni laylak tashlab ketdimi?
— Ha, laylak (kulib). Oilada urush, janjal, kelishmovchilik bo‘lib turadi. O‘ylashimcha, biror marta janjallashmagan oila bo‘lmasa kerak.
— Insonlardagi qaysi xususiyatlar sizga yoqmaydi?
— Ikkiyuzlamachilik, xushomadgo‘ylik, xo‘jako‘rsinchilik.
Sitora AlimjonovaAktrisaFarzandTurmush O‘rtog‘iSavol-JavobInstagramOila O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing